Xom promptni
ishlaydiganiga aylantiradi.
Yozganingizni 0–100 ball bilan baholaydi, nima yetishmayotganini aytadi va ishlatishga tayyor variantini yozib beradi. ChatGPT, Claude va Gemini ichida ham ishlaydi.
Chapga prompt yozing — yozayotganingizda tahlil boshlanadi.
Bor
Yetishmaydi
Ishlatishga tayyor prompt — bir necha soniya.
Bir xil so'rov, ikki xil natija.
Chapdagi prompt AI'ga nima kerakligini aytmaydi — u taxmin qilishga majbur. O'ngdagisi hech narsani taxminga qoldirmaydi.
kofeshop uchun instagram post matni yozib ber
Kim uchun, qancha uzunlikda, qanday ohangda — hech biri aytilmagan. AI o'zi o'ylab topadi, siz esa yoqmagan natijani qayta so'raysiz.
Siz ijtimoiy tarmoqlar bo'yicha 5 yillik tajribaga ega kontent mutaxassisisiz. Toshkentdagi yangi kofeshop uchun Instagram post matni yozing. Birinchi qator e'tiborni tortadigan ilgak bo'lsin, keyin 3 ta qisqa band, oxirida harakatga chaqiruv. 80–120 so'z. Ohang jonli, lekin ortiqcha hayajonsiz. Emoji ishlatmang.
Rol, auditoriya, tuzilma, hajm, ohang va cheklov — hammasi berilgan. Natija birinchi urinishdayoq ishlatishga yaroqli chiqadi.
Saytga kelishingiz shart emas.
Brauzer kengaytmasi ChatGPT, Claude va Gemini'ning o'z oynasida ishlaydi. Prompt yozasiz — ball o'sha yerda chiqadi, tugmani bossangiz matn o'sha yerda almashadi.
Ball darhol
Har harfda tahlil yangilanadi. Nimasi yetishmayotgani yozib turgan paytingizda ko'rinadi.
Matn o'sha joyda almashadi
Nusxa olish, boshqa oynaga o'tish yo'q. Bosasiz — sayqallangan variant o'rniga tushadi.
Promptlaringiz saqlanmaydi
Dastlabki tahlil brauzeringizda bajariladi. Serverga faqat baholash uchun yuboriladi va saqlanmaydi.
Umumiy his emas — beshta alohida mezon.
Har mezonning o'z vazni bor. Quyidagi chiziq uzunligi aynan shu vaznni ko'rsatadi.
Bir marta to'laysiz.
Obuna yo'q, oylik to'lov yo'q. Bepul sinab ko'rish uchun ro'yxatdan o'tish ham shart emas.
- Cheksiz baholash — saytda ham, kengaytmada ham
- ChatGPT, Claude va Gemini uchun kengaytma
- Sayqallangan variantni bir tugma bilan qo'yish
- Yangilanishlar qo'shimcha to'lovsiz
Ko'p so'raladigan savollar
Promptingiz beshta mezon bo'yicha alohida baholanadi: konseptual tushunish, amaliy qo'llash, aniqlik, moslashtirish va texnik bajarish. Har mezonning o'z vazni bor, yig'indisi 100 ni beradi. Ball bilan birga qaysi mezonda nima yetishmayotgani ham ko'rsatiladi.
Yo'q. Dastlabki tahlil brauzeringizning o'zida bajariladi — hech qayerga yuborilmaydi. To'liq baholash uchun matn serverga boradi, lekin saqlanmaydi va o'qilmaydi.
Sayqallangan prompt har qanday modelga yaraydi — u shunchaki yaxshi yozilgan matn. Brauzer kengaytmasi esa hozircha ChatGPT, Claude va Gemini sahifalarida ishlaydi.
Yozasiz. Muammo bilimda emas — shoshilishda. Har safar rol, auditoriya, hajm va cheklovni yozib o'tirish zerikarli, shuning uchun odam qisqa yozadi va yomon javob oladi. Sayqalchi shu ishni sizning o'rningizga bajaradi.